Sariosiyo tumanidagi 24 –maktabning rus tili fani o`qituvchisi Sojida Rahimova o`g`li Qodirov Shodmonning o`qishi uchun to`lov shartnoma pulini ish haqidan o`tkazgan. O`tkazilgan mablag`ning imtiyoz sifatida qaytarilishi lozim bo`lgan 12 foizi, yani 2757348 so`mi oradan bir qancha vaqt o`tsa hamki tuman davlat soliq inspeksiyasining masul xodimlari qaytarmasdan ovora sarson qilgan.
Bu haqda o`qituvchi Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat qilgan.
Fuqaroning murojaati qonunchilikda belgilangan tartibda o`rganib chiqilib, imtiyoz sifatida qaytarilishi kerak bo`lgan 2 757 348 so`m mablag` fuqaroning plastik kartochkasiga g`aznachilik bo`limi orqali o`tkazib berildi.
Aslida bu kabi murojaatlardagi masalalar arzimasdek ko`rinishi mumkin. Ammo ta`lim berishdek mashaqqatli mehnat bilan maosh olib farzand o`qitayotganlar qanchalik ulkan masala ekanligini yaxshi anglashadi.






