Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.Q. va L.S.lar oldindan til biriktirib boshqa bir fuqaro S.ga 11 000 AQSh dollarini jami 125,4 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






