O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun respublika hududining katta qismida havo bulutli, quruq va iliq bo`lishi kutimloqda, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatiladi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunning o`rtasiga kelib, 24-29° ni tashkil etadi.
Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab, tog` oldi va tog`li hududlarda kunning birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Mamlakatimizning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19° ni, kunduzi 24-29° ni tashkil etadi.
13-15 aprelda O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga kelib, harorat me`yoriy qiymatlardan 6-8° ga yuqor bo`ladi va kechalari 14-19°, kunduz kunlari 30-35° atrofida bo`ladi.






