Italiya chempionatining 32-turida "Roma" klubi o`z maydonida oxirgi pog`onadagi "Salernitana"ni qabul qildi. O`yinda kutilmaganda mehmonlar hisobni ochdi.
Rimliklar esa ikkinchi bo`lim oxirlarida esa ikki marotaba "Salernitana" davrvozasini ishg`ol qilib, yakunda g`alabani ilib ketdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa zaxiradan maydonga tushdi hamda 22 daqiqa davomida harakatlandi.
A Seriya. 32-tur
Roma — Salernitana 2:1
Gollar: Peres (82), Smolling (85) — Radovanovich (22).






