Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonqa tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, ATB “Qishloqqurilishbank” Xonqa filialining katta kassir-nazoratchisi E.K. fuqarolar S. va N.ga Urganch shaharda yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylardan 2 tasini tanishlari yordamida subsidiya asosida 20 yillik ipoteka krediti orqali olib berishni va`da qilib, oldindan kelishilgan 30 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






