AsosiyJamiyat

“Sud ekspertizasi to`g`risida”gi qonunga bir qator yangi moddalar va qo`shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda

'“Sud ekspertizasi to`g`risida”gi qonunga bir qator yangi moddalar va qo`shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to`g`risida”gi qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamaotchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Loyiha bilan amaldagi “Sud ekspertizasi to`g`risida”gi qonunga bir qator yangi moddalar va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validasiya, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestasiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reestri hamda sud eksperti qasamyodi kabilar belgilanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertizasi xulosalariga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilishini ta`minlash hamda sud ekspertizasi faoliyati yanada ishonchliligini oshirish maqsadida ilmiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi muassasa (tashkilot) o`z faoliyat yo`nalishi bo`yicha ekspertlik faoliyatini amalga oshirishi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta`sir choralari qo`llashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash, sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bog`liq holatlar adolatli va xolis ko`rib chiqilishini ta`minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar to`qnashuvi yuzaga kelishi oldini olishni ta`minlash maqsadida sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan ekspertiza o`tkazishga doir cheklovlar qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlari birlashmasini tashkil qilishga doir munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi bo`yicha qo`shimcha va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o`tkazilishi mumkinligi mustahkamlab qo`yilmoqda.

Muhokama 22-aprelga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar