AsosiyJamiyat

Namanganda qayniota o`g`lini qarzdan qutqarish uchun kelinining nomiga kredit olib, sarflab yubordi

'Namanganda qayniota o`g`lini qarzdan qutqarish uchun kelinining nomiga kredit olib, sarflab yubordi'ning rasmi

Namanganda ”S-I.S.” xususiy korxonasi ta`sischisi A.I. o`g`li A.ning fuqarolardan bo`lgan qarzlarini qoplash maqsadida, kelini G.ni korxona rahbarligiga tayinlab, korxona nomiga bank filialidan parrandachilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan 2 mlrd so`m kredit mablag`i evaziga sotib olingan mulklarni sotib yuborib, kredit mablag`ini talon-toroj qilgan. 

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Namangan filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma`lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar