AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab gepatit va bachadon buyin saratoniga tekin tekshiruvlar o`tkazilmoqda (manzillar)

'O`zbekiston bo`ylab gepatit va bachadon buyin saratoniga tekin tekshiruvlar o`tkazilmoqda (manzillar)'ning rasmi

Sog`likni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda  Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida Toshkent shahrida 5 ta  va Andijon viloyatida  2 ta   quyidagi markaziy oilaviy  poliklinikalarda  bepul skrining jarayonlari davom   etmoqda:

Tashkent shahri uchun:

1. Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani-19, Yunus ota ko`chasi, (sobiq T.Zaxidova), 2.

tel: 71 223-10-81; 71 223-10-80.

2. Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko`chasi, 7A.

tel: 71 273-51-99; 71 273-38-19

3. Mirzo Ulug`bek tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, TTZ-2.

tel: 71 261-64-60; 71 264-56-15.

4. Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod ko`chasi, Mahtumquli (sobiq. Tarraqiyot), 2.

tel: 71 231-75-08.

5. Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika

Manzil: Toshkent shahri, Ko`kcha darvoza ko`chasi, (Sobiq Mannon Uyg`ur), 305.

tel: 71 242-06-95.

Andijon viloyati uchun:

1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi

Manzil: Andijon shahri, Mashrab ko`chasi, 39-uy.

 tel: 74 226-52-34; 74 226-76-98.

2. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi

Manzil: Andijon shahri, Toshkent ko`chasi, 50-uy.

tel:74 227-42-74.

Ro`yxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha bo`lgan barcha ayollar BBR  (bachadon bo`yni saratoni) ga bepul tekshirildi.

Toshkent shaxri va Andijon viloyati bo`ylab  10000 nafardan ortiq ayollar skrining tekshiruvlaridan o`tishdi.

Tekshiruv natijalari buyicha 10 % foiz ayollarda, virus aniqlandi.  

Skrining tekshirish jarayonida aniqlangan o`zgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, gepatitni erta tashxislash va davolash maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi bilan birgalikda aholini bepul skrining tekshiruvidan o`tkazmoqda.

Hozirgi kunda bemorlarni qabul qilish Toshkent shahrida 5 ta va Respublika buyicha 6 ta viloyatlarning markaziy oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda.

Toshkent shahridagi poliklinikalarda:

1. Shayxontoxur tumanining markaziy poliklinikasi

2. Chilonzor tumanining markaziy poliklinikasi

3. Uchtepa tumanining markaziy poliklinikasi

4. Olmazor tumanining markaziy poliklinikasi

5. Mirzo-Ulug`bek tumanidagi 8-sonli oilaviy poliklinikasi

6. Yashnobod tumanidagi 30-sonli oilaviy poliklinikasi

Respublikaning quyidagi viloyatlari  uchun:

1. Samarqand viloyati: 2,4,9,12- oilaviy poliklinikalarda

2. Surxondaryo viloyati:1,2,3,4- oilaviy poliklinikalarda

3. Sirdaryo viloyati: Mirzarabod, Guliston, Yangier -oilaviy poliklinikalarda

4. Andijon viloyati: 1,2,3,4- oilaviy poliklinikalarda

5. Namangan viloyati:1,3,9,10- oilaviy poliklinikalarda

6. Farg`ona viloyati : 1,4,5,6 -oilaviy poliklinikalarda

 

    Boshqa yangiliklar