AsosiyJamiyat

2021 yilda yo`l-transport hodisasi natijasida salkam 2 yarim ming fuqaro halok bo`lgan

'2021 yilda yo`l-transport hodisasi natijasida salkam 2 yarim ming fuqaro halok bo`lgan'ning rasmi

Bugun Senat binosida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda davlat xaridlari, sog`liqni saqlash va boshqa yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi, ayrim raqamlar ochiqlandi. Jumladan:

2019 yilda 8 092 ta yo`l-transport hodisasida, jami 9 ming 990 nafar fuqaro jarohatlanib, shundan 2 ming 67 nafari halok bo`lgan bo`lsa (o`lim ko`rsatkichi 20,7%), 2020 yilda 6 982 ta YTHda 8 ming 553 nafar fuqaro jarohatlanib, 1 ming 962 nafari halok bo`lgan (o`lim ko`rsatkichi 23%).

2021 yilda esa 10 001 ta yo`l-transport hodisasida 9 ming 230 nafar fuqaro jarohatlanib, 2 ming 436 nafari halok bo`lgan (o`lim ko`rsatkichi 21%).

 

 

    Boshqa yangiliklar