AsosiySport

O`zbekiston va Italiya o`rtasida ot sporti bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yildi

'O`zbekiston va Italiya o`rtasida ot sporti bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston yilqichilik va ot sport federasiyasi raisi Bahromjon Gaziev hamda Italiya ot sporti federasiyasi rahbari Marko di Paolo o`zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu kelishuvda hamkorlik xalqaro darajada olib borilishi ko`rsatilgan. Onlayn o`tgan mazkur tadbirda O`zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov ham qatnashdi.

Tadbir doirasida Italiya tomoni Bahromjon Gaziev boshchiligidagi delegasiyamizni joriy yilning 25-29 may kunlari Siena shahrida o`tadigan xalqaro musobaqa hamda 15-25 sentyabr sanalarida uchkurash va drayving bo`yicha o`tadigan jahon chempionatiga taklif etdi. O`z navbatida mamlakatimiz tomoni ham aprel oyida Toshkentda o`tadigan konkur bo`yicha xalqaro musobaqada Marko di Paoloni faxriy mehmon sifatida ko`rishdan mamnun ekanini bildirdi.

Hamkorlik kelishuviga ko`ra, o`zbekistonlik chavandozlar Italiyadagi eng yaxshi bazalardan biri «Pratoni Eventing – Ranieri» ot sporti klubi va ushbu davlat hududida o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazishi, musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, tomonlar yirik ot zavodlari faoliyatida ham hamkorlik qilish bo`yicha keluvga erishdilar.

    Boshqa yangiliklar