AsosiyDunyo

Kuleba Germaniya hukumatidan nolidi

'Kuleba Germaniya hukumatidan nolidi'ning rasmi

Ukraina tashqi ishlar vazirining fikricha, Germaniya Kievni etarli darajada qo`llab-quvvatlamayapti. Bu haqda diplomat Stern nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

“Germaniya iqtisodiyotini qurbon qilishdan xavfsiramoqda. Bilasizsmi? Biz haqiqiy qurbonlikka boryapmiz. Biz odamlarni yo`qotyapmiz. Urush davom etar ekan, sizning davlatingiz ko`p narsa qilishi kerak”, — degan u. 

Vazir, shuningdek, nemis hukumatidan Moskvadan import qilish, o`z portlari orqali Rossiya tovarlari eksportini to`xtatish, barcha rus banklarini SWIFT tizimidan uzishni hamda Rossiya gaz, neft va ko`miridan voz kechishni talab qilgan.  

Shu bilan birga, Kuleba shaxsiy hayotidagi o`zgarishlar haqida gapirgan. Unga ko`ra, diplomat bir joyda ikki kundan ortiq ishlamaydi va doimiy ravishda turarjoyini o`zgartirib turadi.

“Yomon uxlayapman. Tun davomida ikki-uch marta uyg`onaman. Havo trevogasi tufayli”, — degan u.

    Boshqa yangiliklar