“Yaqinda “order” tizimi isloh qilindi, bu borada xususiy sektor ishtiroki uchun ham imkoniyat yaratildi.
Lekin, barcha talablar aniq belgilangani bilan o`tgan 6 oy davomida birorta xususiy shifoxonaga bemorlar uchun yo`llanma berilmagan.
Yoki, respublika markazlarining ayrim filiallarida yuqori texnologik davolash yo`lga qo`yilgan bo`lsa-da, boshqa hududdan bemor qabul qilinmayapti”, dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, Sog`liqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda davlat va xususiy shifoxonalar uchun kasalliklarni davolash bo`yicha yagona tariflarni tasdiqlash topshirildi.
Ochiq tanlov e`lon qilib, 15 mayga qadar yo`llanma asosida tibbiy xizmatlar ko`rsatadigan xususiy klinikalar ro`yxatini shakllantirish vazifasi qo`yildi.
Shuningdek, 1 apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yo`llanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.
Yig`ilish yakunida mutasaddilar ko`tarilgan masalalar yuzasidan hisobot berdi.






