AsosiySport

«Milan» bosh murabbiyi A Seriyaning mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

'«Milan» bosh murabbiyi A Seriyaning mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi'ning rasmi

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya A Seriyasi mart oyi yakunlariga ko`ra oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

«Milan» 56 yoshli mutaxassis qo`l ostida ushbu oyda chempionat doirasida 3 o`yinda 3ta g`alabaga erishdi. Uchta bahsda ham minimal 1:0 hisobidagi g`alabaga erishildi.

«Milan» turnir jadvalida 30 o`yindan keyin 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Napoli» hisobida 63, «Inter»da esa 60 ochko bor. 

Ushbu sovrin Pioliga 4 aprel kuni «Bolonya»ga qarshi o`yin oldidan topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar