Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.
Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, yig`ilishda qaysi shifoxona va laboratoriyada qanday jihoz soz yoki nosozligi bo`yicha aniq hisob-kitob yo`qligi ko`rsatib o`tildi.
Viloyat hokimlariga 25 aprelga qadar barcha birlamchi muassasalarni xatlovdan o`tkazib ularga zarur bo`lgan va ta`mirtalab jihozlar ro`yxatini shakllantirish topshirig`i berildi.
Sog`liqni saqlash vazirligi tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko`rsatish tizimini yaratish bo`yicha taklif kiritadigan bo`ldi.
22 ta respublika markazi yil yakuniga qadar O`zbekistonda ilgari bajarilmagan kamida 100 ta yuqori texnologik davolash usullarini yo`lga qo`yishi zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Misol uchun, Gematologiya markazida maxsus operasion kompleksni tashkil etish hisobiga oqqon kasalligiga chalingan bemorlar uchun ilik ko`chirish amaliyotini yo`lga qo`yish mumkinligi ko`rsatib o`tildi.
Mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.






