AsosiyJamiyat

Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini o`zim eshitib boraman — Prezident

'Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini o`zim eshitib boraman — Prezident'ning rasmi

Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, yig`ilishda 56 ta tumandagi 243 ta olis va chekka mahallada 562 ta oilaviy shifokor lavozimi vakant bo`lib turganiga e`tibor qaratildi.

Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda bo`sh o`rinlar ancha yuqori bo`lsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qilindi.

Yoki, Toshkent viloyatida yil yakuniga qadar 70 ta olis va chekka mahallada tibbiyot punktini tashkil etishi lozim bo`lsa-da, bu borada aprel oyi rejasida birorta amaliy vazifa yo`q.

“Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shug`ullanishi shart va ulardan so`rov qattiq bo`ladi.  

Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini o`zim eshitib boraman.

Ochiq muloqotdan keyingi o`zgarishlarni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir xonadon sezishi shart”, dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari bu borada qator vazifalarni belgilab berdi.

Eng avvalo, aprel oyida:

- 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan o`tkaziladi;

- har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi stasionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi;

- 26 ta oilaviy shifokorlik punkti to`liq ta`mirlandi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan ta`minlanadi.

Umuman, yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi ta`minlanadi.

Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 ming 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar