Toshkent shahar hokimlining xabar berishicha, Sergeli tumanidagi gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilganligi sababli, 30 mart kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha qator mahallalardagi 3400 ta erlik va 30 ta ko`p qavatli uylardagi 400 ta xonadon va ushbu tumandagi qator ulgurji iste`molchilar uchun gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:
- “Qumariq” MFY;
- "Obod" MFY;
- Yakubova MFY;
- “Ziyokor” MFY;
- “Qo`shqo`rg`on” MFY;
- Quruvchilar mavzesi;
- Qo`yliq-6 mavzesi.
Zangiota tumanidan Sergeliga o`tgan mahallalar:
- “Xonobod” MFY;
- “Qozoq ovul” MFY;
- “Istiqlol” MFY;
- Kim Pen Xva MFY;
- Beruniy MFY;
- “Qumariq” MFY.






