AsosiyJamiyat

Andijonda mashinasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatgan haydovchiga chora ko`rildi

'Andijonda mashinasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatgan haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Damas" rusumli, 60P100QA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qoidalarni chetlab o`tgan holda, transport vositasiga ruxsat etilmagan yalt-yalt yonuvchi mayoqcha o`rnatganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu "Damas" rusumli, 60P100QA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1995 yilda tug`ilgan K.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yildi. 

    Boshqa yangiliklar