Qatar energetika vaziri Saad bin Sharid al-Kaabiy Rossiyaning Evropaga etkazib beradigan gazining muqobili yo`qligini tan oldi. Bu haqda Zamon xabar bermoqda.
Vazirning so`zlariga ko`ra, Qatarning joriy gaz quvvatlari Evropa bozorini qanoatlantirishga qodir emas. Shuningdek, u Doha hech kimning tarafini olmayotganini va biznes tamoyillari asosida harakat qilayotganini aytgan.
Shu bilan birga, Al-Kaabiy kelajakda Evropani ta`minlashi mumkinligini ta`kidlagan.
Bundan tashqari, Qatar vaziri Rossiyaning gazga to`lovlarni rublda to`lashni talabiga izoh berar ekan, bu qaror harbiy vaziyat bilan bog`liqligini va uzoq istiqbolli kelishuvlarga ta`sir o`tkaza olmasligini taxmin qilgan.






