AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentda xalqaro marafon bo`lib o`tadi

'Ertaga Toshkentda xalqaro marafon bo`lib o`tadi'ning rasmi

Avvalroq oshkent shaxrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” o`tkazilishi munosabati bilan, poytaxtimizning tadbir o`tkazilishi mo`ljallangan ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilishini xabar bergan edik

27 mart kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston engil atletika federasiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Navro`z” IV Toshkent xalqaro marafoni bo`lib o`tadi.

4 yil davomida o`tkazib kelinayotgan “Navro`z” Toshkent xalqaro marafoni nafaqat professional sportchilarni, balki o`z sog`lig`i uchun barcha yoshdagi yuguruvchi sport ishqibozlarini ham jamladi hamda O`zbekistondagi eng yirik, eng muhim sport tadbirlaridan biriga aylandi.

Marafonning start va finish chizig`i Afrosiyob va Beshyog`och ko`chalari chorraxasi (“Humo Arena” muz saroyi) da joylashgan bo`lib, ShHT Toshkent xalqaro yarim marafonining yo`nalishi poytaxtning markaziy ko`chalari ya`ni Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay bo`ylab o`tadi.  

Bu yil yugurishlar ikki masofada, klassik marafon (42 km 195 m) va 10 km masofada o`tkaziladi. Marafon masofasida sportchi masofani bosib o`tishi kerak bo`lgan vaqt chegarasi belgilanadi. Marafon yugurishida qatnashuvchilarning yoshi 18 yosh va undan katta, 10 km masofaga yugurishda ishtirokchilarning yoshi cheklanmagan bo`ladi.

Marafonda va 10 km masafaga yugurishlarda har qanday jismoniy shaxslar va tashkilotlar ishtirokchi anketasini to`ldirish orqali belgilangan muddatlardada ro`yxatdan o`tishi mumkin. Marafon va 10 km masofaga yugurishlarning har bir ishtirokchisi ro`yxatdan o`tgandan so`ng (https://iticket.uz tizimida) kirish to`lovini to`lashi shart.

Ro`yxatdan o`tgan ishtirokchilar, quyidagi ishtirokchilar to`plamini oladilar:

- sport dasturi turiga muvofiq chipli ko`krak raqami (1 dona);

- atributlari bo`lgan suvenir

- ryukzak;

- kepka;

- futbolka (DryFit);

- marafon va 10 km masofaga ygurish yo`nalishi, trassa haqida ishtirokchilar uchun buklet.

Trassa yo`nalishi Xalqaro AIMS tizimi tomonidan sertifikatlangan bo`lib, trassaning uzunligi 21 km 97,5 mni tashkil etadi va marafon ishtirokchisi ikki davra yugurishi kerak bo`ladi. Tanlovda chiplar bo`yicha vaqt natijasini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash uchun zamonaviy transponder tizimi qo`llaniladi.

Marafonda erkaklar va ayollar o`rtasida 1-5 o`rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan (1-o`rin – 30 million, 2-o`rin – 20 million, 3-o`rin – 10 million, 4-o`rin – 5 million, 5-o`rin – 3 million so`m) hamda g`olib, sovrindorlar medallar bilan taqdirlanadilar.

10 km masofada erkaklar va ayollar o`rtasida 1-3 o`rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari (1-o`rin – 3 million, 2-o`rin – 2 million, 3-o`rin – 1 million so`m) va medallar bilan taqdirlanadilar.

Musobaqa g`oliblari va ishtirokchilariga tadbir tashkilotchilari va homiylari tomonidan qo`shimcha sovg`alar topshirilishi mumkin.

Marafon masofasini belgilangan vaqt ichida bosib o`tgan ishtirokchilar marra medaliga sazovor bo`ladilar.

Toshkent xalqaro “Navro`z” marafonida O‘zNADA  vakillari ishtirok etadi, xodimlar ixtiyoriy sportchilardan tanlab doping-test olishlari mumkin bo`ladi. Doping tekshiruvidan o`tgan sovrindor sportchilar, tahlil natijalari aniq bo`lganidan so`ng mukofot pullarini olishlari mumkin hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar