Joriy yilning 18 mart kuni soat 15:00larda “Toyloqtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi elektron gaz hisoblagich muhandisining xizmat xonasida portlash sodir bo`lgan. Natijada “Toyloqtumangaz” gaz ta`minoti bo`limining 2 nafar xodimi hamda 2 nafar murojaat bilan kelgan fuqarolar tan jarohati olishgan. Bu haqda Toyloq tuman hokimligi xabar qilmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra mazkur xonada o`rnatilgan va ishlab turgan “ARTEL” rusumli kondisioner chaqnashi natijasida xonada portlash sodir bo`lganligi aniqlangan. Voqea joyidan nosoz holatda kelgan bir dona “ARTEL” rusumli kondisioner ashyoviy dalil sifatida olingan.
Baxtsiz hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, zaruriy muolajalar qilingan. Ayni damda bemorlarning ahvoli yaxshi.
Hozirgi vaqtda ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda asoslantirilmagan xabarlar tarqalmoqda. Fuqarolardan aniq va ishonchli manbalardan axborot olishlarini so`raymiz.
Kanalga ulanish: 👇
https://t.me/toyloq_hokimligi






