O`zbekiston va Qozog`iston emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlari o`zaro tan olindi.
Ma`lum qilinishicha, endilikda ikki mamlakat chegaralaridan o`tish vaqtida O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolari o`z davlatlarida emlanganlik to`g`risidagi sertifikatga ega bo`lsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas.
Barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo`lishi kerak.






