AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuchli shamol kuzatilmoqda. IIB ogohlantirish bilan chiqdi

'O`zbekistonda kuchli shamol kuzatilmoqda. IIB ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Ayrim hududlarda, shuningdek poytaxt Toshkentda ham shamol tezligi kuchaymoqda. Bu haqda xabar qilgan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda. 

"Barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmasliklarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, "O`zgidromet" bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi haqida xabar qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar