AsosiyJamiyat

Kecha 50 kishida koronavirus aniqlandi

'Kecha 50 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda kasallanishlar soni ortib, qariyb 50 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 25 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 237589 (+47) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 1 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 14 nafar,
  • Toshkent shahrida 56 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 235344 (+79) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar