O`zbekistonning qator tijorat banklarida avtokreditlar bo`yicha taklif qilinayotgan foiz stavkasi ko`tarildi, deya xabar qilmoqda «Sberkassa»ga asoslanib Gazetchi.uz nashri.
Keltirilishicha, ayni vaqtga kelib mamlakatning bir nechta bankida avtokreditlar qimmatlashganini ko`rish mumkin. Xususan:
Savdogarbank avtokreditlari 27 foizdan taklif qilinmoqda.
Xalq bankida avtokredit vaqtinchalik to`xtatilgan bo`lsa-da, uning yillik foiz stavkasi 26.99 % etib belgilandi.
Qishloqqurilishbankda ham shu ahvol. Avtokredit yillik 28 foiz stavkada taklif etilmoqda.
Kapitalbankda ham yuqoridagiga o`xshash vaziyat sodir bo`lgan. Bankning yangi mashina harid qilish uchun beradigan krediti stavkasi 26 foizgacha ko`tarilgan.
Mikrokreditbankda ham shunday holat, ya`ni bank hozirda 27 % da avtokredit taklif qilmoqda.






