O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha nam va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimolda, janubda va Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 11-16° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarimida biroz yomg`ir yomg`ir yog`ishi mumkin, kunning ikkinchi yarimida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.






