AsosiyJamiyat

Farg`onada atmosferaga zarar etkazayotgan 2 ta korxona faoliyati to`xtatildi

'Farg`onada atmosferaga zarar etkazayotgan 2 ta korxona faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

Atmosfera havosiga etkazilayotgan zarar sabab 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Davlat Ekologiya Qo`mitasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani Sho`rsuv shaharchasida joylashgan korxonalarning tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi ustidan o`rganish olib borilgan.

O`rganishga Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazining mobil laboratoriyasi jalb qilinib, hududdagi atmosfera havosidan namunalar olinib, tahlil ishlari amalga oshirildi. Unga ko`ra, ammiak moddasi 4 ta nuqtada – 1,5 dan 23,6 martagacha hamda vodorod sulfidi moddasi 2 ta nuqtada - 3,2 dan 4,6 martagacha belgilangan me`yorlardan ortiqligi aniqlangan.  

Hozirda me`yordan ortiq chiqqan moddalarni ajratib chiqaruvchi korxonalarni aniqlash, ularda ushbu moddalarni kamaytirish choralarini ko`rish ishlari olib borilmoqda.

O`rganish yakunida sement ishlab chiqaruvchi “Moderna sement indasturies” MChJ QK hamda gips ishlab chiqaruvchi “Sement xom ashyo savdo” MChJlarida mavjud chang-gaz tozalash uskunalari nosozligi tufayli ish faoliyati vaqtincha to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar