Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevning "Kusherbaevga murojaat" Telegram kanalida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida ichki ishlar bo`limi xodimlari hayvonlarni shafqatsizlarcha o`ldirayotgani haqida videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.
Xabarga ko`ra, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olindi. O`rganish olib borilmoqda. Holatga oydinlik kiritilib, to`liq axborot beriladi.
Ichki ishlar vazirligining Matbuot kotibi Shoxrux G`iyosov ham ushbu holat to`g`risida ma`lumot berdi.
"Telegram kanallarda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida itlarni tuman Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo`limi vakillari tomonidan shafqatsizlarcha olib ketilayotganligi to`g`risidagi xabarlar yuzasidan hozirda o`rganish olib borilmoqda.
Holatga huquqiy baho berilib, jamoatchilikka e`lon qilinadi", deyiladi xabarda.






