O`zgidromet bugun, 26 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahri
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyati
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.






