Kecha dunyo bo`yicha 1,58 million nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu 23 mart sanasiga nisbatan qariyb 60 mingta kam ko`rsatkichdir. Bu haqda SSV xabar berdi.
Eng yuqori kunlik holatlar quyidagi mamlakatlarda qayd etildi:
Janubiy Koreya — 339 ming,
Germaniya — 148 ming,
Fransiya — 140 ming,
Vetnam — 120 ming,
Buyuk Britaniya — 101 ming,
Italiya — 82 ming,
Avstraliya — 66 ming,
Yaponiya — 49 ming,
Avstriya — 41 ming,
Niderlandiya — 39 ming,
AQSh — 37 ming,
Braziliya — 37 ming.






