AsosiySport

Ronaldu: "Hali hech narsaga erishganimiz yo`q"

'Ronaldu: "Hali hech narsaga erishganimiz yo`q"'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Turkiya (3:1) ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng, o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. 

"Asosiy maqsadimiz — Jahon chempionatiga chiqish. Bu maqsad yo`lida katta qadamni tashladik. Ammo hali hech narsa yutmadik. Asosiy vazifani bajarganimiz yo`q.  Olg`a, Portugaliya. Maqsad — Qatar-2022", — deya fikr qoldirgan Ronaldu ijtimoiy tarmog`ida. 

Ma`lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 29 mart kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuvda JCh yo`llanmasi uchun kurashadi. G`olib Qatarga yo`llanma beruvchi chiptalardan birini qo`lga kiritadi. 

    Boshqa yangiliklar