AsosiyJamiyat

Farg`onalik ayolning plastik kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi

'Farg`onalik ayolning plastik kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Rishton tumanida plastik karta hisobidan pul o`g`irlagan voya etmagan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2 mart kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma`lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasi hisobiga kompyuter tizimi orqali ruxsasiz kirib, noqonuniy ulanib olib, plastik karta hisobida bo`lgan 2.427.000 so`m pulini yashirin ravishda o`g`irlab, echib olganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga etmagan S.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar