Ukrainada boshlangan urush oqibatida mamlakatni tark etgan soni 3 million 725 ming 806 nafarga etdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi boshqarmasi Ukrainadagi migrasiya inqirozi atrofidagi vaziyat bo`yicha turli manbalardan olingan ma`lumotlarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, tark etganlarning ko`p qismi Polshaga yo`l olgan. Bu ko`rsatkich 2 206 119 nafarni tashkil qilgan. Ruminiya - 572 754, Moldova - 376 748 Vengriya - 336 701, Rossiya - 271 254, Slovakiya - 263 959, Belarussiya - 6 341 nafarga etgan.





