AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 mart kuni Toshkent xalqaro investisiya forumida Rossiya delegasiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federasiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda

Uchrashuv avvalida Maksim Reshetnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabrikladi.

Ko`p qirrali O`zbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish bo`yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi. Sanoat kooperasiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va o`zaro savdo ko`rsatkichlarining ijobiy o`sish sur`atlarini ta`minlashga alohida e`tibor qaratildi.

O`tgan yil yakuni bo`yicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga etdi. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko`rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshdi. Bugungi kunda O`zbekistonda 2 mingdan ortiq qo`shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investisiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar