Davlat statistika qo`mitasi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekiston qiymati 113,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan.
Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna
sabzavotlar – 100,4 ming tonna
qalampir – 2,6 ming tonna
pomidor – 12,5 ming tonna
uzum – 9,5 ming tonna
mayiz – 15,2 ming tonna
eryong`oq – 4,2 ming tonna
tarvuz-qovun – 337 tonna






