«Zakovat» intellektual klubi» NNT ta`sischisining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tadbir davomida o`tgan yil natijalari hamda 2022 yil rejalari va kelgusi faoliyatning istiqbolli yo`nalishlari muhokama etildi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “«Zakovat» intellektual o`yinini aholi o`rtasida ommaviy-ma`rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o`yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” PQ-96-son qarorining sifatli va samarali bajarilishini ta`minlashga alohida e`tibor qaratildi.
Quyilgan vazifalarni o`z vaqtida amalga oshirish maqsadida “Zakovat” NNT shtatini kengaytirishga qaror qilindi.
Xususan, “Zakovat” klubi Prezidenti” yangi shtat birligi joriy etildi.
Bo`lib o`tgan muhokamalar natijasida “Zakovat” klubi Prezidenti etib Abdurasul Abdullaev, NNT direktori lavozimiga esa Umid Narimov tayinlandi.






