AsosiyJinoyat

Hazorasp tumani hokimining o`rinbosari jinoyat ustida ushlandi

'Hazorasp tumani hokimining o`rinbosari jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo`limi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir  o`tkazildi. 

Unda, Hazorasp tuman hokimining o`rinbosari U.A. mansab mavqeidan foydalanib “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida bo`lgan 18 sotix er maydonini turar joy qurish uchun ajratib berish evaziga fuqaro I.dan 12 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar