AsosiyJamiyat

Toshkent va Olmaota o`rtasida yo`lovchi poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Toshkent va Olmaota o`rtasida yo`lovchi poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" va "Qazaqstan temir jol" kompaniyalari Toshkent va Olmaota shaharlari o`rtasida yo`lovchi poezd harakatini tashkil etishga kelishdi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» matbuot xizmati xabar qildi.

2 maydan boshlab haftada uch marotaba Olmaota-2 — Toshkent — Olmaota-2 yo`nalishida ½-sonli poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Ushbu poezd «Toshkent-Markaziy» vokzalidan har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozog`istonga jo`nab ketadi. O`zbekiston tomonga esa «Olma-ota-2» temir yo`l vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.

Ta`kidlanishicha, boshqa qo`shni davlatlar bilan temir yo`l yo`nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar