AsosiyJamiyat

Bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda kimlarning murojaati rad etiladi?

'Bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda kimlarning murojaati rad etiladi?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda  Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi boshqarma boshlig`i Zayniddin Aralov ushbu savollar yuzasidan batafsil ma`lumot berdi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo`mitasi, Mudofaa sanoati qo`mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va  xodimlari yoki ularning oila a`zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan taqdim etilgan arizalar rad etiladi.

Talabalardan (kechki va sirtqi ta`lim oluvchilar mustasno), 3 yoshgacha bola parvarishida bo`lgan, farzandini yolg`iz tarbilayotgan, nogiron farzandi yoki 80 yoshga to`lgan keksalarni parvarishlayotgan, harbiy xizmatni o`tayotganlardan rasmiy daromad talab etilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar