Evakuasiya boshlangan kundan to hozirga qadar 27 ta aviareys yordamida jami 6030 nafar fuqaro vatanga qaytarildi.
Ukrainadan yana 146 nafar o`zbekistonlik, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga etgaman bola va 2 nafar chaqaloq Polsha orqali olib kelindi.
23 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 146 nafar O`zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda zamon.uz TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanovga tayanib xabar berdi.
Evakuasiya qilinganlar orasida 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga etgaman shaxs va 2 nafar chaqaloq bo`lgan.Ta`kidlanishicha, 28 fevraldan 24 martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6030 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
O`zbekistonning Ukrainadagi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) hamda Polshadagi elchixonalari birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo`lib, ularni evakuasiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda.
"Boshqa davlatlar orasida O`zbekiston Ukrainadan o`z fuqarolarini birinchi bo`lib evakuasiya qildi", — degandi O`zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboev.
Ma`lumot uchun: O`zbekiston fuqarolarini Polsha orqali Ukrainadan evakuasiya qilish jarayoni nihoyasiga etganini ma`lum qilgandi.






