AsosiyJamiyat

Andijonda elektr tarqatish javoni yonib ketdi

'Andijonda elektr tarqatish javoni yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 25 mart kuni soat 09:14 da Andijon viloyati Andijon tumani “Guzar” MFY Maktab ko`chasida joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli elektr tarqatish javonida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 09:21 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 09:23 da qurshab olingan va soat 09:28 da bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida elektr tarqatish javoni to`liq yonib zararlangan.

Yong`inning sababi elektr tarqatish javonida yuklamaning ortishi natijasida sodir bo`lganligi taxmin qilinmoqda.

Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar