"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmatining xabariga ko`ra, poytaxtda "Buyuk Ipak Yo`li" metro bekatidan vaqtinchalik yo`nalishlar harakati tajriba tariqasida tashkil etildi. Shuningdek, yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ayrim avtobuslar harakatining jadvallari va yo`nalishi o`zgartirildi.
Unga ko`ra, 2022 yil 18 martdan boshlab:
- "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 48-sonli "Novator IChB - Al Xorazmiy mavzesi" avtobus yo`nalishining harakati Qipchoq, Qo`rg`ontepa ko`chalari orqali (Yorqin Hayot mahallasiga kirib chiqmagan holda) ikki tomonlama tashkil etilganligini;
-"18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 114-sonli "Ibn Sino 2-mavzesi - To`qimachilik kombinati" avtobus yo`nalishining ish va shanba kunidagi ish tartibi soat 5:30 dan 22:00 gacha, yakshanba kunidagi jadvallar soni 6 ta, ish tartibi soat 6:00 dan 22 :00 gacha etib belgilanganligi;
-"2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14-sonli "Toshkent vokzali - TTZ bozori" va 83-sonli "Yunusobod mavzesi 6-daha - Ekskovator zavodi bekati" avtobus yo`nalishlarining jadvallar soni:
- 14-sonli avtobus yo`nalishi - Ish kuni 10(+1) ta, shanba kuni 9(0) ta, yakshanba kuni 9(0) ta;
- 83-sonli avtobus yo`nalishi - Ish kuni 8(+1) ta, shanba kuni 7(+1) ta, yakshanba kuni 6(+1) ta etib belgilanganligini;
- "4-Avtobus saroyi"filialiga biriktirilgan 8-sonli "Sergeli 7-mavzesi - Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yo`nalishining "Sergeli 7-mavzesi" ohirgi bekati "Olchazor mahallasi" bekatiga o`zgartirilib, yo`nalish nomi 8-sonli "Olchazor mahallasi - Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yshnalishi deb nomlanganligini ma`lum qiladi tashkilot.
-






