AsosiyDunyo

"Ulug`vor xazinalar", "buyuklar oroli". Istanbulning go`zalligi nimada?

'"Ulug`vor xazinalar", "buyuklar oroli". Istanbulning go`zalligi nimada?'ning rasmi

Istanbulning qaerga qaramang  go`zallikni ko`rasiz. Dengiz.. Quyoshning chiqishi va botishi..

Bir tomondan Osiyoga, ikkinchi tomondan esa Evropaga cho`zilgan Istanbul ikki qit`adan iborat dunyodagi yagona shahardir. Shaharning yuragi bo`lgan Qora dengiz, Marmara dengizi va Ko`rfazga Bosfor bo`g`ozi orqali suv o`tadi.

Istanbul strategik joylashuvi va maftunkor tabiati bilan oziga jalb qiladi. 1500 yildan ortiq vaqt davomida u uchta imperiyaning: Rim, Vizantiya va Usmoniy imperiyalarining poytaxti bo`lgan. U o`zining ahamiyatiga ko`ra ulug`vor obidalar bilan bezatilgan va turli madaniyatlar, millatlar va dinlarni oz ichiga olgan metropolga aylandi. Bu madaniyatlar, millatlar va dinlar Istanbulning mozaikasini tashkil etuvchi kichik rangli toshlarida aks etgan.

Ulug`vor xazinalar

1500 yillik imperatorlik poytaxti bo`lgan Istanbul o`zining o`tmishdagi ulug`vorligini aks ettiruvchi me`moriy yodgorliklariga boydir.

Shaharning har qadamida Rim, Vizantiya va Usmoniy saroylari, masjidlar, cherkovlar, monastirlar, yodgorliklar, devorlar va xarobalarga duch kelishingiz  mumkin. Ibodatxonalar, hokimiyat, savdo va ko`ngilochar maskanlarga ega eski shahar markazi fuqarolari o`z madaniyati va turmush tarzini saqlagan, davlat xavfsizligi bilan ta`minlangan joy edi.

Istanbulning eng ajoyib yodgorliklari sharqda va janubda Marmara dengizi, shimolda Ko`rfaz va g`arbda shahar devorlari bilan o`ralgan uchburchak quruqlikdagi hudud. Istanbulning tarixiy manzillari sifatida tanilgan ushbu hudud 1985yilda YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan va bugungi kungacha o`z tarixi va ahamiyati bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Sulton Ahmad maydoni tarixiy yarim orolning yuragi bo`lib, uning yaqinida Vizantiya va Usmoniy me`morchiligining eng ko`zga ko`ringan namunalarini ko`rishingiz mumkin.

Buyukada oroli

 Buyukada Istanbuldagi orollarning eng kattasi. Bu erda siz qarag`ay daraxtlari orasida elektr mashinada sayr qilishingiz yoki orol atrofidagi sohilda dengizni tomosha qilib uzun xayollar surib, dam olishingiz mumkin. Kinali, Sedef, Burgaz va Heybeliadalar ham shu kabi mashhur orollari jumlasidandir.

    Boshqa yangiliklar