Michigan musulmonlar jamoasi muqaddas oy arafasida maxsus arzon yarmarka tashkil etdi. Bozorda zargarlik buyumlari, oziq-ovqat, xina va boshqa xilma-xil, zarur mahsulotlarni arzon narxda sotadigan biznes egalarini ko`rish mumkin.
Islam.ruxabariga ko`ra, rastalarda halol mahsulotlar, 20 dan ziyod turdagi islomiy kiyim etkazib beruvchilar mahsuloti namoyish etiladi.
"Bunday yarmarkalarni tashkil etish orqali biz musulmonlar uchun bayramona muhit yaratish barobarida boshqa din vakillari Ramazon haqida ko`proq ma`lumot olishlariga ham yordam beramiz", deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Fotima Siddiqiy.






