AsosiyJamiyat

Namanganda tuman hokimi Ukrainadan qaytgan fuqarolar bilan uchrashdi

'Namanganda tuman hokimi Ukrainadan qaytgan fuqarolar bilan uchrashdi'ning rasmi

Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumani hokimligida Ukrainadan qaytgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Tuman hokimi A.Najmiddinov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi viloyat filiali rahbari M.Apaqov ishtirok etgan uchrashuvda xorijdan qaytib kelgan fuqarolar bandligini ta`minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo`lganlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma`lumot berildi.

O`z navbatida fuqarolar turli masalalar yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan savollariga tuman hokimidan javob oldi.

    Boshqa yangiliklar