Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.





