Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Lui van Galni o`z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, “MYu” ijrochi direktori Ed Vudvord bugun tongda van Gal bilan uchrashib, unga klubda olib borgan ishi uchun tashakkur bildirdi hamda “MYu”ni Joze Mourino boshqarishini aytib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni boshqarishga rozilik bildirgandi. Klub rasmiylari va murabbiy 24 may sanasida uchrashib, 3 yillik bitimning shartlarini kelishib olishi aytilmoqda.
24 MAY KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?https://t.co/ORo8Rmcs1B pic.twitter.com/FJFYqPt9hT
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 23 maya 2016 g.





