Xitoyning Shanxay shahridagi ko`chalardan biriga piyodalar yo`lakchasiga haqiqiy zebra chizib qo`yildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Suratlarda zebra yo`lni kesib o`tayotganini ko`rish mumkin.
“Gap piyodalarning xavfsizligi haqida ketar ekan, ba`zan haydovchilar e`tiborini jalb qilish uchun hamma usullarni sinab ko`rishga to`g`ri keladi”,—deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Shanxayning mazkur tumanida 200 mingdan ziyod piyodalar mavjud. Xitoyning Pekin va Shanxay kabi aholi zich joylashgan shaharlarida piyodalar ishtirokidagi YTHlar tez-tez sodir bo`ladi. Bunda tabiiyki, piyodalar ko`proq jabr ko`radi.
Yangi turdagi piyodalar yo`lakchasi esa YTHlarni kamaytirishiga umid qilinmoqda.





