Xitoyning Dandun shahrida xizmat qiluvchi polisiyachi ayol xizmat kiyimida behayo suratga tushgani uchun ishdan haydaldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Polisiyachining egnida xizmat kiyimi bor, biroq u suratga tushayotgan paytda shimini echib olgan. U mazkur suratni ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasiga joylaganidan so`ng, keskin tanqidlarga uchradi.
Shahar polisiyasi ma`muriyati “kalta shorti kiygan xodimaning kiyimini o`ta “ochiq-sochiq” deb hisobladi va uni ishdan haydadi.





