O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori hamda “Krasnodar” klubi a`zosi Odil Ahmedov Rossiya chempionatining 28-turida jarohat oldi.
Ahmedov “Krilya Sovetov” klubiga qarshi (3:0) kechgan o`yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi, ammo 15-daqiqada raqib futbolchisi bilan to`qnashib ketdi va jarohat olib, maydoni erta tark etdi.
Hozircha Odil Ahmedovning jarohati qay darajada og`irligi haqida ma`lumot yo`q.





