Hindistonning Rojaston shtatida eng kamida 50 kishi ifloslangan suvni iste`mol qilish oqibatida zaharlangani taxmin qilinmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mazkur holat shtat markazi hisoblanmish Jaypur shahrida yuz bergan.
“Biz mazkur tuman aholisiga tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifokorlar guruhini yubordik” deydi mahalliy mansabdorlardan biri.
Ma`lum qilinishicha, bemorlarda zaharlanishning barcha alomatlari kuzatilgan.
Shtat sog`liqni saqlash departamenti vakilining aytishicha, zaharlangan 41 kishiga voqea joyida tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Qolganlarni esa shifoxonaga olib ketishga to`g`ri kelgan.
Hozirda mahalliy hukumat vakillari suv namunasini laboratoriya tekshiruvidan o`tkazmoqda.
Aholi quduq suvidan foydalangani uchun zaharlanish yuzaga kelgani aytilmoqda.





